Kompilyator o'rnatish (GCC / Clang)
Kompilyator nima?
Siz C da kod yozasiz — bu oddiy matn. Kompyuter esa faqat 0 va 1 ni tushunadi. Kompilyator ikkalasining o'rtasidagi tarjimon.
sizning kodingiz →→→ GCC / Clang →→→ kompyuter
hello.c hello (binary)
(matn) (0 va 1)
💡 GCC — GNU Compiler Collection. Dunyadagi eng ko'p ishlatiladigan C kompilyatori. Clang esa Apple tomonidan yaratilgan, xatoliklarni aniqroq ko'rsatadi.
Windows — GCC o'rnatish (MinGW)
Windows da GCC to'g'ridan-to'g'ri kelmaydi. MSYS2 orqali o'rnatamiz — eng to'g'ri yo'l.
1. MSYS2 yuklab olish
Rasmiy sayt: https://www.msys2.org
Sahifada yashil "Download" tugmasi — .exe fayl yuklanadi.
🎥 Video qo'llanma (Windows): YouTube da ko'rish
2. O'rnatish va sozlash
MSYS2 ni o'rnatgandan keyin uni oching va quyidagi buyruqni kiriting:
pacman -S --needed base-devel mingw-w64-ucrt-x86_64-gcc
Savol chiqsa — Y bosing va Enter.
3. PATH ga qo'shish
C:\msys64\ucrt64\bin papkasini Windows PATH ga qo'shing:
Windows qidiruvida: "environment variables" →
System Properties → Environment Variables →
Path → Edit → New → C:\msys64\ucrt64\bin
4. Tekshirish
CMD yoki PowerShell oching:
gcc --version
Natija shunday bo'lishi kerak:
gcc (GCC) 13.2.0
Copyright (C) 2023 Free Software Foundation, Inc.
✅ Versiya raqami farq qilishi mumkin — muhimi xato chiqmasin.
macOS — Clang o'rnatish
macOS da kompilyator Apple ning Xcode Command Line Tools ichida keladi. Alohida hech narsa yuklamasangiz ham bo'ladi.
🎥 Video qo'llanma (macOS): YouTube da ko'rish
1. Terminal oching
Cmd + Space → "Terminal" yozing → Enter
2. Xcode tools o'rnatish
xcode-select --install
Oyna chiqadi — "Install" bosing. Internet tezligiga qarab 5-15 daqiqa kutasiz.
3. Tekshirish
gcc --version
Natija:
Apple clang version 15.0.0 (clang-1500.0.40.1)
Target: arm64-apple-darwin23.0.0
💡 macOS da
gccyozsangiz ham aslida Clang ishlaydi. Biz uchun farqi yo'q — ikkalasi ham C kodini kompilyatsiya qiladi.
GCC ni ham o'rnatmoqchimisiz? (ixtiyoriy)
brew install gcc
Rasmiy Homebrew sayt: https://brew.sh
Linux — GCC o'rnatish
Linux da eng oson. Paket menejeri orqali bir buyruq.
🎥 Video qo'llanma (Linux): YouTube da ko'rish
Distro bo'yicha buyruqlar
| Distro | Buyruq |
|---|---|
| Ubuntu / Debian / Mint | sudo apt install build-essential |
| Fedora / RHEL / CentOS | sudo dnf install gcc |
| Arch Linux | sudo pacman -S base-devel |
build-essential — GCC + make + boshqa zarur toollar hammasi birga keladi.
Tekshirish
gcc --version
Natija:
gcc (Ubuntu 13.2.0-4ubuntu3) 13.2.0
Copyright (C) 2023 Free Software Foundation, Inc.
Muharrir (Editor) tanlash
Kompilyator tayyor. Endi kod yozish uchun muharrir kerak.
| Muharrir | Tavsiya | Havola |
|---|---|---|
| VS Code | ⭐ Eng yaxshi tanlov | code.visualstudio.com |
| CLion | Professional (pullik) | jetbrains.com/clion |
| Vim / Neovim | Terminal ichida | — |
| Gedit / Kate | Linux uchun oddiy | — |
VS Code — C uchun sozlash
VS Code o'rnatgandan keyin bu extension ni qo'shing:
Extensions (Ctrl+Shift+X) → "C/C++" by Microsoft → Install
🎥 VS Code + C sozlash: YouTube da ko'rish
Birinchi faylni yaratish va kompilyatsiya
Hamma narsa tayyor. Sinab ko'ramiz.
1. Fayl yarating
Istalgan papkada hello.c nomli fayl yarating:
#include <stdio.h>
int main() {
printf("Salom, Dunyo!\n");
return 0;
}
2. Terminal / CMD oching
Fayl joylashgan papkaga o'ting:
cd /fayl/joylashgan/papka
3. Kompilyatsiya qiling
gcc hello.c -o hello
Bu buyruq nima qiladi:
| Qism | Ma'nosi |
|---|---|
gcc |
Kompilyatorni chaqiradi |
hello.c |
Manba fayl |
-o hello |
Chiquvchi fayl nomi |
4. Ishga tushiring
Linux / macOS:
./hello
Windows:
hello.exe
Natija:
Salom, Dunyo!
✅ Agar shu natijani ko'rsangiz — muhitingiz to'g'ri sozlangan!
Xato chiqsa?
| Xato | Yechim |
|---|---|
gcc: command not found |
PATH to'g'ri sozlanmagan — yuqoridagi PATH qadamini qayta bajaring |
fatal error: stdio.h: No such file |
Linux da: sudo apt install libc6-dev |
Permission denied |
chmod +x hello buyrug'ini bajaring, keyin ./hello |
Mashq
✏️ Mashq
- Kompilyatorni o'rnating va
gcc --versionnatijasini ko'ring. Qaysi versiya chiqdi?hello.cfaylini yarating, kompilyatsiya qiling va ishga tushiring. Natija chiqtimi?- Fayl nomini
salom.cga o'zgartiring vagcc salom.c -o salombilan kompilyatsiya qiling. Farqi bormi?
Foydali havolalar
- GCC rasmiy hujjatlar: gcc.gnu.org
- MSYS2 rasmiy sayt: msys2.org
- Clang rasmiy sayt: clang.llvm.org
Keyingi dars
Muhit tayyor. Endi haqiqiy C dasturlashni boshlaymiz.
3-dars: Birinchi dastur — Hello World