useState — state nima, qanday ishlaydi, re-render tushunchasi
State nima?
Komponent ba'zan ma'lumotni o'zida saqlashi kerak bo'ladi — tugma bosilganmi, input da nima yozilgan, modal ochiqmi. Bu ma'lumot vaqt o'tishi bilan o'zgaradi va o'zgarganda ekran yangilanishi kerak.
Oddiy o'zgaruvchi bu ishni qila olmaydi:
function Hisoblagich() {
let son = 0; // oddiy o'zgaruvchi
return (
{son}
Tugmani bossangiz — son o'zgaradi, lekin ekran yangilanmaydi. Nima uchun? React bu o'zgaruvchi o'zgarganini bilmaydi. Qayta chizish kerakligini bilmaydi.
State — React biladigan o'zgaruvchi. State o'zgarganda React avtomatik komponentni qayta chizadi.
useState qanday ishlatiladi?
import { useState } from 'react';
function Hisoblagich() {
const [son, setSon] = useState(0);
return (
{son}
useState(0) ikki narsa qaytaradi: hozirgi qiymat va uni o'zgartiruvchi funksiya. 0 — boshlang'ich qiymat.
const [son, setSon] = useState(0);
│ └── o'zgartiruvchi funksiya
└── hozirgi qiymat (boshlang'ich: 0)
setSon(yangiQiymat) chaqirilganda — React state ni yangilaydi va komponentni qayta chizadi.
Re-render qanday ishlaydi?
│ 1. Birinchi chizish (mount) │
│ useState(0) → son = 0 │
│ Ekran: "0" │
│ tugma bosildi
│ 2. setSon(1) chaqirildi │
│ React: "state o'zgardi!" │
│ Komponentni qayta ishga tushiradi │
│ 3. Qayta chizish (re-render) │
│ useState → son = 1 (eslab qoldi) │
│ Ekran: "1" │
Muhim: React komponentni qayta chizganda — butun funksiya qaytadan ishlaydi. useState esa oldingi qiymatni "eslab" qaytaradi.
Bir nechta state
Bir komponentda bir nechta state bo'lishi mumkin:
function Forma() {
const [ism, setIsm] = useState('');
const [yosh, setYosh] = useState(0);
const [xato, setXato] = useState(null);
function yuborish() {
if (!ism) {
setXato('Ism kiritilmadi');
return;
setXato(null);
console.log({ ism, yosh });
return (
{xato &&
{xato}
Yuborish
State yangilash — to'g'ri usul
Yangi qiymat hozirgi qiymatga bog'liq bo'lsa — funksiya shakli ishlatiladi:
// ❌ Ba'zan noto'g'ri natija beradi
setSon(son + 1);
// ✅ Har doim to'g'ri — eng so'nggi qiymatni oladi
setSon(prev => prev + 1);
Farqi qachon ko'rinadi? Bir event ichida ikki marta chaqirilganda:
// Tugma bir marta bosilganda natija necha bo'ladi?
// ❌ Natija: 1 (son ikki marta ham 0 edi)
onClick={() => {
setSon(son + 1);
setSon(son + 1);
// ✅ Natija: 2
onClick={() => {
setSon(prev => prev + 1);
setSon(prev => prev + 1);
Tez-tez uchraydigan xatolar
State ni to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirish:
const [users, setUsers] = useState([]);
// ❌ React bu o'zgarishni bilmaydi, ekran yangilanmaydi
users.push({ id: 1, ism: 'Ali' });
// ✅ Yangi massiv yaratib berish
setUsers([...users, { id: 1, ism: 'Ali' }]);
State yangilanishi darhol emas:
function bosish() {
setSon(son + 1);
console.log(son); // hali eski qiymat chiqadi!
setSon chaqirilgandan keyin son darhol yangilanmaydi. Yangi qiymat keyingi render da bo'ladi. Bu asinxron xulq — React bir nechta yangilanishni birlashtiradi, keyin bir marta qayta chizadi.
Xulosa
useState(boshlangich)
├── qiymat → JSX da ko'rsatiladi
└── setFn() → chaqirilganda re-render bo'ladi
- Oddiy o'zgaruvchi emas —
useStateishlatiladi setfunksiyasi chaqirilganda React qayta chizadi- Hozirgi qiymatga asoslanib yangilashda
prev => ...shakli - State ni to'g'ridan-to'g'ri o'zgartirmang — yangi qiymat bering
Keyingi dars
9-dars: useState — ob'ekt va massiv state, nima uchun spread kerak