JSX — expression, conditional rendering, list rendering
Expression — JSX ichida JavaScript yozish
JSX ichida {} qo'ysangiz — ichiga istalgan JavaScript ifodasi yozish mumkin. Ifoda degani — qiymat qaytaradigan narsa: o'zgaruvchi, hisoblash, metod chaqiruvi, ternary.
const ism = 'Jasur';
const yosh = 25;
const narx = 15000;
function App() {
return (

{ism}
{/* Jasur */}

{yosh * 2}
{/* 50 */}

{ism.toUpperCase()}
{/* JASUR */}

{narx.toLocaleString()} so'm
{/* 15 000 so'm */}

{new Date().getFullYear()}
{/* 2026 */}

if, for, while — bular ifoda emas, operator. Qiymat qaytarmaydi, shuning uchun {} ichida ishlamaydi. Buning o'rniga ternary yoki boshqa usullar ishlatiladi.
Conditional Rendering — shartga qarab ko'rsatish
Foydalanuvchi login qilganmi? Mahsulot stokda bormi? Ma'lumot yuklanayaptimi? — bularni shartga qarab ko'rsatish kerak bo'ladi.
Ternary — ikki holat
function Profil({ loginQilgan }) {
return (

{loginQilgan

Xush kelibsiz!

Iltimos, tizimga kiring

loginQilgan true bo'lsa birinchisi, false bo'lsa ikkinchisi ko'rsatiladi.
&& — faqat bitta holat
Faqat biror shart to'g'ri bo'lganda ko'rsatish kerak bo'lsa:
function Sahifa({ xatoBormi, xatoMatni }) {
return (

Sahifa

{xatoBormi &&
{xatoMatni}

xatoBormi false bo'lsa —
umuman ko'rsatilmaydi.
⚠️ Keng tarqalgan tuzoq:
&&bilan0sonini ishlatmang.// ❌ Xato — ekranda "0" chiqadi! {users.length && <UserList />} // ✅ To'g'ri {users.length > 0 && <UserList />}Nima uchun?
0 && <UserList />— JavaScript0ni qaytaradi. Reactfalseni ko'rsatmaydi, lekin0ni ko'rsatadi. Bu ko'pchilik duch keladigan xato.
Murakkab shartlar — o'zgaruvchiga chiqarish
Shart murakkab bo'lsa, JSX ichida yozish o'qilmay qoladi. O'zgaruvchiga chiqaring:
function Tugma({ holat }) {
let kontent;
if (holat === 'yuklanmoqda') {
kontent = Yuklanmoqda...;
} else if (holat === 'xato') {
kontent = Xato yuz berdi;
} else {
kontent = Tayyor;

return
{kontent}

JSX ichida if ishlamaydi, lekin JSX dan oldin istalgan JavaScript yozish mumkin.
List Rendering — ro'yxat ko'rsatish
Massivdagi ma'lumotlarni ekranda ko'rsatish uchun .map() ishlatiladi.
const mevalar = ['Olma', 'Nok', 'Uzum', 'Shaftoli'];
function App() {
return (

{mevalar.map(meva => (

{meva}

key — nima uchun kerak?
key bo'lmasa konsolda warning chiqadi:
Warning: Each child in a list should have a unique "key" prop.
Nima uchun kerak? React ro'yxatni qayta chizayotganda qaysi element o'zgarganini, qaysi yangi qo'shilganini, qaysi o'chirilganini bilishi kerak. key — React uchun har bir elementning "pasporti".
const users = [
{ id: 1, ism: 'Ali' },
{ id: 2, ism: 'Vali' },
{ id: 3, ism: 'Soli' },

function App() {
return (

{users.map(user => (

{user.ism}

key — massivdagi har bir element uchun unikal va barqaror bo'lishi kerak. Ma'lumotlar bazasidan kelgan id — eng yaxshi tanlov.
key sifatida index ishlatmang
// ❌ Yomon
{users.map((user, index) => (

{user.ism}

Nima uchun yomon? Ro'yxat o'rtasidan element o'chirilsa — indexlar siljiydi. Masalan, 3 ta elementdan 2-sini o'chirsangiz:
O'chirishdan oldin: O'chirishdan keyin:
key=0 → Ali key=0 → Ali
key=1 → Vali → key=1 → Soli ← React "Vali o'zgardi" deb o'ylaydi
key=2 → Soli (Soli yo'q) ← React "Soli o'chirildi" deb o'ylaydi
React noto'g'ri elementni yangilaydi. Input ichidagi matn, animatsiya holati — bular noto'g'ri joyga "ko'chib" qolishi mumkin.
Agar ro'yxat hech qachon o'zgarmasa (statik) — index ishlatish mumkin. Lekin dinamik ro'yxatlarda har doim unikal id ishlating.
Hammasi birgalikda
const vazifalar = [
{ id: 1, matn: "React o'rganish", bajarildi: true },
{ id: 2, matn: 'Loyiha yozish', bajarildi: false },
{ id: 3, matn: 'Deploy qilish', bajarildi: false },

function VazifaRoyxati({ faqatQolganlar }) {
const korsatiladigan = faqatQolganlar
? vazifalar.filter(v => !v.bajarildi)
: vazifalar;
return (

Vazifalar ({korsatiladigan.length} ta)

{korsatiladigan.length === 0 && (

Hamma vazifa bajarildi! 🎉

{korsatiladigan.map(vazifa => (

{vazifa.matn}
{vazifa.bajarildi &&  ✓}

Xulosa
{}ichida istalgan JavaScript ifodasi yoziladi — operator emas- Shartli ko'rsatish: ternary (
? :),&&, yoki o'zgaruvchiga chiqarish &&bilan0ishlatmang — ekranda0chiqadi- Ro'yxat uchun
.map(), har bir elementgakeyberish shart keysifatidaindexemas — unikalidishlating
Keyingi dars
5-dars: Component — nima, Function Component, nima uchun kichik bo'laklarga bo'lamiz